10:46 / 06.06.2023
6207

Haitida suv toshqinlari oqibatida 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Mamlakatning 10 ta departamentidan 7 tasida toshqin va ko‘chkilar qayd etildi. 13 mingdan ortiq kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi.

Foto: AP

Mahalliy hokimiyat organlarining 6 iyun, seshanbaga o‘tar kechasi bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Haitida so‘nggi kunlarda suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 42 kishi halok bo‘ldi. Mahalliy qutqaruvchilarga ko‘ra, yana 11 kishi bedarak yo‘qolgan.

Bir necha kun avval boshlangan yomg‘irlar mamlakatning 10 ta departamentidan 7 tasida suv toshqini va vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi, deya xabar beradi AFP agentligi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 37 ming kishi jabr ko‘rgan, 13 mingdan ortiq kishi uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Ayniqsa, mamlakat poytaxti Port-o-Prensdan 30 kilometr g‘arbda joylashgan Leogan shahri ko‘p jabr ko‘rdi. U yerda 3 ta daryo o‘z qirg‘og‘idan chiqib ketgan va mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, 20 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Shahar meri Anri Ernsonning aytishicha, aholi dalalari va chorva mollaridan ayrilgan. Leoganda oziq-ovqat, suv va tibbiy buyumlar yetishmayapti. 

Mavzuga oid
Top