23:30 / 06.06.2023
30005

Karim Benzema – «Al-Ittihod» futbolchisi

Yakshanba kuni «Real» bilan xayrlashgan Karim Benzema faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradigan bo‘ldi.

Foto: Al-Ittihod

«Al-Ittihod» klubi fransiyalik 35 yoshli forvard bilan 3 yillik shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Benzema 2028 yilga qadar Jidda klubi sharafini himoya qiladi. «Real» sobiq o‘yinchisi Saudiya Arabistoni chempioni libosi bilan tanishtirildi.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, Benzemaning yillik maoshi tijoriy kelishuvlar evaziga 200 million yevroga yetishi mumkin.

Ma’lumot uchun, «Al-Ittihod» Saudiya chempionati joriy mavsumida «An-Nasr»ni ortda qoldirib, chempionlikka erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Benzema 14 yillik faoliyatidan keyin yakshanba kuni «Real» bilan xayrlashgan edi.

Top