13:00 / 06.06.2023
8892
Reklama

May oyida Havas 21 ta yangi do‘kon ochdi

Foto: Havas

Havas xalq xizmatida bo‘ladigan 21 ta yangi diskaunter ochdi — tarmoq do‘konlarining umumiy soni 248 taga yetdi.

May oyi Havas uchun haqiqatan ham samarali bo‘ldi: o‘tgan vaqt mobaynida Toshkent shahri va viloyatining turli tumanlarida bir vaqtning o‘zida tarmoqning 21 ta yangi do‘koni ochildi. Endi tashrif buyuruvchilarni har kuni hamyonbop narxlar va yuqori sifatli mahsulotlar bilan xursand qiladigan Havas diskaunterlari soni 248 taga yetdi.

Bir oy ichida 21 ta yangi do‘konning ochilishi tashrif buyuruvchilar Havas diskaunterlarining barcha afzalliklarini yuqori baholaganliklari va ro‘zg‘or uchun xaridlarni aynan shu yerda amalga oshirishlaridan xursand ekanliklarining yorqin tasdig‘idir.

Mijozlarining kundalik xaridlari borasida qayg‘urgan holda Havas O‘zbekiston aholisining shahar tashqarisiga sayohat qilishga bo‘lgan qiziqishini ham yaxshi anglaydi. Aynan shuning uchun ham tarmoqning ba’zi yangi do‘konlari tog‘ga ketish yo‘lida va mashhur dam olish hamda turistik joylar yaqinida ochildi.

Yoz mavsumi allaqachon boshlangani hisobga olinsa, bu dam olish kunlarini shahar tashqarisida o‘tkazishni istaganlar uchun qo‘shimcha qulaylik bo‘ladi. Endi yo‘l uchun avvaldan bozorlik qilishning hojati yo‘q, barcha kerakli mahsulotlarni yo‘lda sotib olish va bu bilan vaqtni ham, naqdni ham sezilarli darajada tejash mumkin. 

Havas yangi do‘konlari quyidagi manzillarda joylashgan:

·        Bo‘stonliq tumani, Qoranko‘l qishlog‘i; mo‘ljal: “Bochka”; G‘azalkent shahri, O‘zgarish ko‘chasi;

·        Qibray tumani, Ko‘prikboshi shaharchasi, Qizilko‘prik ko‘chasi;

·        Qibray tumani, Zafarobod MFY (sobiq Mayskiy);

·        Chirchiq shahri, Dumaloq mahallasi, Ramazon ko‘chasi;

·        Quyichirchiq tumani, Oqqo‘rg‘on ko‘chasi;

·        Yangiyo‘l shahri, Inog‘omov MFY;

·        Angren shahri, Dukent qo‘rg‘oni;

·        Sergeli tumani, Past Darxon mahallasi, Navro‘z ko‘chasi, 1;

·        Shayxontohur tumani, Bog‘ko‘cha mahallasi, Obinazar ko‘chasi;

·        Sergeli tumani, Sergeli-1 dahasi, Islom Sattorov ko‘chasi;

·        Uchtepa tumani, Beshqayragoch ko‘chasi, 264; mo‘ljal: 3-sonli bolalar shifoxonasi;

·        Sergeli tumani, Jaloir mahallasi, Yangixayot va Totuvlik ko‘chalari kesishmasi;

·        Mirzo Ulug‘bek tumani, Feruza ko‘chasi; TTZ bozori yaqinida;

·        Olmazor tumani, Muxbir ko‘chasi; mo‘ljal: “Olimpiya” mehmonxonasi;

·        Mirobod tumani, Qo‘yliq-1, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi;

·        Toshkent tumani, G‘iyos Umarov ko‘chasi;

·        Zangiota tumani, Mashrab ko‘chasi, 25;

·        Yangixayot tumani, Choshtepa MFY; mo‘ljal: “Erkin Market” savdo markazi

·        Sergeli tumani, Navro‘z ko‘chasi, 1;

·        Zangiota tumani, Kahramon mahallasi;

·        Yangixayot tumani, Qumariq ko‘chasi, 3.

Yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va uy-ro‘zg‘or buyumlarining zaruriy to‘plamini hamyonbop narxlarda taklif qilar ekan, Havas o‘zining asosiy maqsadi — doim xalq xizmatida bo‘lish yo‘lida faoliyat yuritishda davom etmoqda.

“Havas — xalq xizmatida”.

Axborot markazi: (+998) 71 205-95-95

Sayt: havasfood.uz

Facebook: fb.com/havasuz

Instagram: @havasuz

Telegram-kanal: t.me/havasuz

Reklama huquqi asosida

Top