19:00 / 06.06.2023
5951
Reklama

Plogging va #PET2NATUREUZ ekologik chellenj ishtirokchilarini taqdirlash: Butunjahon atrof-muhit kuni poytaxtda qanday nishonlandi?

O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Coca-Cola Uzbekistan hamkorligida Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan ekologik tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar doirasida 4 iyun kuni uchta zamonaviy yo‘nalish: sog‘lom turmush tarzi, atrof-muhitga g‘amxo‘rlik hamda aylanma iqtisodiyot tamoyillarini o‘zida mujassam etgan yugurish va chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha eko-poyga tashkil etildi.

Tadbir ikki oydan ortiq vaqt davomida poytaxt oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan #PET2NATUREUZ chellenjining navbatdagi bosqichi bo‘ldi. Eko-chellenj va plogging davomida yig‘ilgan plastmassa qayta ishlash va Qoraqalpog‘istondagi yovvoyi hayvonlarni sug‘orishga ishlatiladigan geomembran ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Ushbu material cho‘ldagi yovvoyi hayvonlarga suv ichishlarida yordam beradi. Geomembran Qoraqalpog‘istondagi qo‘riqxonalardan biriga 17 iyun kuni nishonlanadigan Umumjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuniga qadar o‘rnatiladi.

Kelgusida ushbu tadbirlar Orol dengizining ekologik falokat zonasidagi tabiiy muhitning kichik maydonini yaxshilaydi va “yashil” texnologiyalar, tabiatdagi suv resurslarini qayta ishlash va qayta tiklashning keng imkoniyatlarini namoyish etadi.

Chellenjda ishtirok etgan universitetlar va ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi. Bundan tashqari, barcha ishtirokchi universitetlarda qayta ishlangan plastmassadan skameykalar o‘rnatiladi, ular chellenj hamkori Sanfa tomonidan ishlab chiqariladi. Chellenj g‘olibi – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bosh sovrin: yangi o‘quv yilida universitet talabalari uchun o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Movie night by Coca-Cola” uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

“ Coca-Cola’ning maqsadi dunyoni yangilash va uni yaxshi tomonga o‘zgartirishdir. Biz bu maqsadimizga dunyo miqyosida 137 yil, O‘zbekistonda esa 30 yil davomida sodiq qoldik. Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “EKOMAKTAB” nodavlat notijorat tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturiga atrof-muhitni yaxshilash, chiqindilarni to‘plash va qayta ishlash, shuningdek, chekka hududlarda ichimlik suvi bilan ta’minlash va suvni tabiatga qaytarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorlik va qo‘llab-quvvatlovlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Ekologiya sohasida innovatsion yechimlarni tatbiq etgani uchun “Sanfa Producs” kompaniyasiga esa alohida minnatdorchilik bildiraman,” — dedi Coca-Cola Icecek kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh menejyeri Ezel Agao‘g‘lu.

Shuningdek, tadbirda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi maqsadlarga erishishda davlat tashkilotlari, biznes va jamiyat hamkorligi muhim ekanligi ta’kidlandi. O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Coca-Cola Uzbekistan, Yoshlar ishlari agentligi va Coca-Cola kompaniyasining “Go Wasteless” loyihasi hamkorligi ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi o‘zaro hamkorlik va ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi mustahkam platforma vazifasini bajardi.

Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunida Coca-Cola Uzbekistan sayyoramizni yaxshilashga yordam beradigan barqaror yechimlarni ishlab chiqishda erishilgan muhim yutuqlarni nishonlamoqda.

 2018 yilda kompaniya plastik chiqindilar bilan bog‘liq dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha o‘z mas’uliyatini anglagan holda, aylanma iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali chiqindilarni boshqarishni tizimli ravishda o‘zgartirishga qaratilgan ulkan “Chiqindisiz dunyo” strategiyasini e’lon qildi.

2018 yildan hozirgi kungacha Coca-Cola butun dunyo bo‘ylab kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarning 61% ekvivalentiga teng bo‘lgan qadoqlarni yig‘ish va qayta ishlashni targ‘ib qilmoqda, qadoqlashda 25% qayta ishlangan material ishlatiladi, ishlatilgan qadoqlarning 15% qayta ishlangan plastik, shuningdek, Coca-Cola mahsulotlari qadoqlarning 90% qayta ishlangan mahsulotdan tayyorlanadi. O‘zbekistonda Coca-Cola tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning barcha qadoqlari 100% qayta ishlangan materialdan tayyorlangan.

O‘zbekistonda Coca-Cola fondi o‘n ikki yildan ortiq vaqt davomida barqaror rivojlanish loyihalarini amalga oshirishda BMTTD bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Shu vaqt ichida Coca-Cola fondining moliyaviy ko‘magida BMTTD O‘zbekistonning chekka hududlarida suv tanqisligi muammolarini hal qilishga qaratilgan bir qancha loyihalarni amalga oshirdi.

Suv resurslarining xavfsizligini yaxshilash Coca-Cola kompaniyasi uchun ustuvor maqsadlardan biridir, chunki suv bu hayot manbayi, undan ishlab chiqariladigan ichimliklar jamiyatlarga va unda yashovchilar uchun zarurdir. 2015-yildan beri kompaniya har yili 100% suv ta’minotini boyitish va 2021-2030 yillar oralig‘ida butun dunyo bo‘ylab tabiat va jamiyatlarga jami 2 trillion litr suvni qaytarishni rejalashtirmoqda.

Reklama

Mavzuga oid
Top