13:22 / 06.06.2023
14854

Samarqandda Qatar amirini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘lib turibdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 6 iyun kuni Samarqand shahrida Qatar rahbarini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi.

Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston prezidenti oliy martabali mehmonni kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiya a’zolarini qutladi. Shundan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Top