18:18 / 06.06.2023
9803

Surxondaryoda ikkita avtomagistralni birlashtiruvchi yangi yo‘l barpo etilmoqda

Natijada M39 va M41 avtomagistrali qisqa masofada birlashtirilib, Toshkent shahriga qatnovni amalga oshirayotgan xalqaro va mahalliy avtotashuvchilar uchun yo‘l qisqaradi.

Foto: Transport vazirligi

Surxondaryo viloyatidagi 4R105 «Darband–Boysun–Elbayon» avtomobil yo‘lining 5-70 km (65 km) qismini va 4R100 «Mang‘uzor–Jarqo‘rg‘on–Bandixon–Oltinsoy–Denov» avtomobil yo‘lining 128-174 km (46 km) qismini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Transport vazirligi xabariga ko‘ra, loyiha uchun Osiyo taraqqiyot banki (OTB) mablag‘ ajratgan. Rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 111 km.

Mazkur avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilinishi bilan Surxondaryo viloyati hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M39 va M41 avtomagistrallari qisqa masofada birlashtirilib, Toshkent shahriga qatnovni amalga oshirayotgan xalqaro va mahalliy avtotashuvchilar uchun mavjud 298 km uzunlikdagi avtomobil yo‘li 146 km qisqartiriladi.

Loyihaning yakuniga yetkazish sanasi xabarda ko‘rsatilmagan.

Top