Chotqol davlat qo‘riqxonasi hududida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in maydoni o‘rmonning taxminan 10 gektardan 20 gektargacha bo‘lgan hududini tashkil etgan.
Kecha, 11 iyul kuni soat 14:00 atrofida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasining Maydontol va Laylakcha bo‘limlari hududida yong‘in sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni o‘rmonning taxminan 10 gektardan 20 gektargacha bo‘lgan hududini tashkil etgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus otryadi xodimlari manzilga yetib borgan.
Vazirlik xabariga ko‘ra, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasining Maydontol va Laylakcha bo‘limlari hududida sodir bo‘lgan yong‘in 11 iyul kuni soat 20:00 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘inni bartaraf etishga Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus otryadi xodimlari, Mudofaa, Ichki ishlar, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklari, DXX Chegara qo‘shinlari va tuman FVDT quyi tizimiga kiruvchi xizmatlar kuch va vositalari jalb etilgan.
Mavzuga oid
10:21
Uchtepa tumanidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
19:09 / 26.12.2024
5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan ferma egasiga nisbatan jinoiy ish ochildi
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024