19:00 / 08.08.2023
12534

Coke Studio Fest'da Coca-Cola bilan yangi musiqani kashf eting!

Coca-Cola kompaniyasining 30 yilligi munosabati bilan 16 sentabr kuni "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida yilning eng asosiy musiqiy voqealaridan biri - Coke Studio Fest bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir milliy va dunyo miqyosidagi bayramga aylanishi kutilmoqda.

Foto: Coca-Cola

COKE STUDIO™ - turli janr va madaniyat qo‘shiqchilarini birlashtiruvchi platforma bo‘lib, birinchi marta u 2008 yilda Pokistonda ishga turishilgan va 2022 yilga kelib dunyo bo‘ylab yurishlarini boshlagan. Loyiha geografik joylashuvidan qat’iy nazar, barchaga yangi musiqani kashf qilish imkonini beradi.

COKE STUDIO™ yosh qo‘shiqchilarga global darajaga chiqishga yordam beradi va ularning jahon yulduzlari bilan bir maydonga chiqib, turli madaniyatlardan ilhomlanishiga imkon yaratadi.

Bu yil yozda uzoq kutilgan COKE STUDIO™ loyihasi mamlakatimizda ham keng miqyosda ishga tushdi. Mazkur voqea O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasining 30 yillik yubileyi sanasiga to‘g‘ri keldi.

"Coca-Cola O‘zbekiston 30 yil davomida yoshlar bilan bog‘liq va O‘zbekistonning madaniy qadriyatlarini zamonaviy faoliyatda targ‘ib etishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab keladi. Biz mazkur loyiha o‘zbekistonlik yosh qo‘shiqchilarga respublikadan tashqarida o‘z muxlislarini topishga yordam berishiga, Coke Studio konserti esa yoshlar uchun haqiqiy musiqa bayramiga aylanishiga umid qilamiz", - deydi Coca-Cola kompaniyasi vakolatxonasi rahbari Serkan Dilek.

16 sentabr kuni "Yangi O‘zbekiston" bog‘idagi Coke Studio Fest'ning sahnasida Artik va Asti dueti, Andro, Ruxsora Em, Massa, Daler Ametist, Dalimjanov, Sabina Mustayeva, Dj Bella, Dj Indigo va boshqa mahalliy hamda jahon yulduzlari kuylaydi.

COKE STUDIO™ loyihasi doirasida O‘zbekistonlik yosh ijrochilar Coca-Cola yordamida o‘z qo‘shiqlariga videoklip suratga oldi. Natijalarni YouTube'dagi Coca-Cola Uzbekistan kanalida tomosha qilish mumkin.

"Muxlislarim Coca-Cola bilan Yangi yildan keyin o‘z taassurotlarim bilan bo‘lishganimni eslashsa kerak. Bir yarim yil oldin men konsertlarda xorda kuylardim va yakkaxon chiqish haqida orzu qilar edi. Humo Arena'da Coca-Cola bilan haqiqiy mo‘jiza ro‘y bergan edi. Men muxlislarim uchun bir nechta qo‘shiq kuyladim. O‘shanda quvonchim cheksiz edi. Mening sevimli brendim Coke Studio loyihasida qatnashish taklifini berganida, mo‘jiza hamon davom etayotganiga ishonch hosil qildim. Men sevimli brendim tomonidan tashkillashtirilayotgan bunday ulkan musiqiy loyihaning bir qismi ekanimdan xursandman va muxlislarim bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutyapman! Coke Studio falsafasi - turli mamlakatlar va madaniyatlar vakillarini musiqa orqali birlashtirish, yosh qo‘shiqchilarga o‘zi haqida gapirishga imkon berish, jahon yulduzlari bilan bir sahnada ishlash uchun sharoit yaratishdir. Bu esa menga to‘xtamasdan oldinga intilish uchun ilhom beradi", - deydi Ruxsora Em.

O‘zining 30 yillik yubileyida Coca-Cola Uzbekistan 30ta tanga yig‘a olgan barchaga Coke Studio Fest konsertining 23 000 ta tekin chiptalardan birini yutib olish imkonini beradi.

Buning uchun 2023 yilning 10 sentabrigacha:

1. https://t.me/chegirmarketbot ilovasi orqali Telegram botdan ro‘yxatdan o‘tish;

2. Istalgan savdo nuqtasidan 0,5 l hajmli plastik qadoqdagi “Coca-Cola Classic” yoki “Coca-Cola Zero Sugar” sotib olish;

3. Chekdagi QR kodni Telegram bot orqali skaner qilish;

4. Chekdagi har bir Coca-Cola uchun 1tadan tanga yig‘ish;

5. 3 ta Coca-Cola tangasi yig‘ish va ularni Coke Studio Fest uchun tekin chiptaga almashtirish kerak bo‘ladi.

Shuningdek, aksiya qatnashchisi birinchi tanga bilan birga "Yandeks Plyus"ning yangi foydalanuvchilar uchun ajratilgan 8 000 000 ta promokodidan birini ham qo‘lga kiritadi.

Chegarasiz musiqa jaranglovchi va unutilmas taassurotlar beruvchi mazkur o‘ziga xos voqelikning bir qismi bo‘lish imkonini qo‘ldan boy bermang!

Coke Studio Fest'ga kelib, Coca-Cola'dan haqiqiy mo‘jizaviy atmosferada sevimli musiqangiz, do‘stlar davrasi va ajoyib mashg‘ulotlardan zavq oling!

 Reklama

Mavzuga oid
Top