07:19 / 17.08.2023
1821

Alimentni ixtiyoriy to‘lovchi fuqarolar soni 20 foizga oshdi 

Alimentni ixtiyoriy to‘lovchi fuqarolar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga oshdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Qarzdorlikni to‘lash istagi bo‘la turib, biroq ish o‘rniga ega bo‘lmagan 19 mingdan ortiq (shundan 2,7 mingtasi iyul oyida) aliment to‘lovchining ish bandligi masalasi hal etilgan.

Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 1,2 trln so‘mlik aliment pullari undirilgan.

Shu bilan birga, 3,7 mlrd so‘mlik (25 ta) uy-joy va 255 mln so‘mlik (2 ta) transport vositasi aliment uchun oldindan to‘lov sifatida berilishi ta’minlangan.

“Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi hisobidan 10,9 mlrd so‘m pul mablag‘lari 781 nafar undiruvchilar hisobiga o‘tkazib berilgan.

Top