08:11 / 04.09.2023
1851

O‘zbekiston-Lyuksemburg o‘rtasida ilk siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

Bank, moliyaviy xizmatlar, sog‘liqni saqlash, migratsiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Foto: Dunyo AA

2023 yil 31 avgust kuni Lyuksemburg shahrida O‘zbekiston va Lyuksemburg o‘rtasida ikki mamlakat munosabatlari tarixidagi ilk siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi “Dunyo”.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Lyuksemburg kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-humanitar, shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish kabi sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni taraqqiy ettirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni hayotga tatbiq etish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, jumladan o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini ushbu davlatga eksport qilish bo‘yicha takliflarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bank, moliyaviy xizmatlar, sog‘liqni saqlash, migratsiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi va xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik, mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Top