11:55 / 09.09.2023
80119

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Sinoptiklar 11-13 sentabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 11 sentabrda 21-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi 11 sentabrda +19...+24 daraja; 12-13 sentabrda +21...+26 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 11 sentabrda 21-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11 sentabrda +16...+21 daraja, 12-13 sentabrda +13...+18 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari.  Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 sentabrda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +27...+32 daraja; 12-13 sentabrda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 sentabrda kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +25...+30 daraja, ba’zi joylarda +33...+35 darajagacha; 12 sentabrda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja; 13 sentabrda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi 11 sentabrda +27...+32 daraja bo‘ladi, 12-13 sentabrda +25...+30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi 11 sentabrda +19...+24 daraja, 12-13 sentabrda +15...+20 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top