6 May

Andijon viloyati Asaka tumanidagi «Axtachi» mahallasi haqida gap ketganda, avvalo bu maskandagi issiqxonalarida yetishtirilayotgan pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, sarimsoqpiyoz va boshqa sabzavot va ko‘katlar tilga olinadi. Chunki mahalla karkas usulidagi issiqxonalari bilan nom taratgan.

Ayblanuvchi o‘z ko‘rsatmasida IIB xodimlari unga ruhiy va jismoniy tazyiqlar o‘tkazgani, qiynoqlarga chiday olmay 9 yoshli go‘dakni o‘ldirishdek mudhish jinoyatni bo‘yniga olishga majbur bo‘lganini aytgan.

Prezident qarori, Shaharsozlik kodeksi va Andijon shahar bosh rejasiga zid ravishda yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi hokim qarorini bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan. Holat adliya organlari va viloyat hokimligining ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda. 2020 yil oktyabr oyida ham Andijon shahar hokimining auksionsiz yer ajratib berish to‘g‘risidagi qarori noqonuniy deb topilgan edi.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov raisligida Andijon boks maktabini yaratish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi Kun.uz muxbiriga xabar berdi.

Andijon shahri Bobur shohko‘chasida joylashgan aviakassa binosiga deraza orqali kirgan shaxs 92 million so‘mdan ortiq pulni o‘g‘irlagan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

5 May

Yer maydoni auksion orqali olinishi kerak edi, lekin hokim Bahrom Haydarovning qarori bilan, ta'sis etilganiga endi 1 oy bo‘lgan firmaga shahar markazidan 14 sotix yer uchastkasi to‘g‘ridan to‘g‘ri berib yuborilgan. Bu yerda qurilish qilish Shaharsozlik kodeksi va Andijon shahar bosh rejasiga zidligi haqida xulosa bor.

Oltinko‘l tuman Davlat xizmatlari markazida Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi va uning shahar, tumanlardagi tizimlari tomonidan 2021 yilning 4 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida ijarada turgan ayolning farzandiga qaynab turgan suvni to‘kib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi.

4 May

411 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Andijon turar joy massivi qurilishi boshlandi. Kun.uz muxbiri qurilish boshlangan joydan xabar berishicha, birinchi bosqichda 60 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bog‘cha va poliklinika Mustaqillik bayramiga qadar qurib bitkazilishi reja qilinmoqda.

O‘tgan aprel oyida Prezidentga Andijon shahri yaqiniga qurilishi ko‘zda tutilgan qariyb 4 ming gektarlik, 411 ming aholiga mo‘ljallangan «Yangi Andijon» turar joy massivi qurilishi bosh rejasi prezidentga taqdim qilindi.

3 May

O‘tgan yil iyul oyida Asaka tumani, Qoratepa qishlog‘i aholisidan kelgan murojaatni o‘rgangan edik. Hududdagi 44-umumta'lim maktabi binosining yarmi 2013 yili davlat ixtisoslashgan maktab-internatiga berilgan bo‘lib, internat 2018 yilda faoliyatini tugatgan kollej binosiga ko‘chib o‘tadi. Mahalliy aholi vakillari DIMIdan bo‘shab qolgan binoni xususiy maktab uchun berilganidan noroziligini bildirgan edi.

Andijon viloyati Asaka tumanida sayyor kassa hisobchi-nazoratchilari 90,3 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini talon-taroj qilgani aniqlandi. Bu haqda prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top