12 Avgust

Farg‘ona – Samarqand avtobus yo‘nalishi masofasi 618 km bo‘lib, mazkur masofani bosib o‘tish uchun 12 soat 50 daqiqa vaqt sarflanadi.

Abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga e’lon qilinadi.

11 Avgust

Sirdaryo viloyati markazidan Tojikiston orqali Qo‘qon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

10 Avgust

O‘zbekiston tumanida ko‘p yillik manzarali va mevali daraxtlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan kesilgan. Mahalla raisi TETKga elektr simlariga tegib turgan daraxt shoxlarini butab berishlarini so‘rab murojaat qilgan, ammo daraxtlar ostidan kesib tashlangan. Tabiatga yetkazilgan zarar sal kam 1 mlrd.

O‘lim shu yil 10 avgust kuni qayd etilgan. Sanobarxon Haydarovaning o‘limiga og‘ir kuyish jarohati sabab bo‘lgan.

9 Avgust

Joriy yilning 10-12 avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, Farg‘ona vodiysi tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilindi.

Qonunchilik palatasidagi Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi navbatdagi yig‘ilishida bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi.

7 Avgust

Farg‘ona tumanining Qo‘rg‘ontepa qishlog‘i Bekat mahallasi aholisi suvni 6-7 km masofadan tashib kelib ichadi. Uyda kimning vaqti bo‘lsa, qo‘liga bo‘sh idish oladi-da, suv tashishga jo‘naydi...

6 Avgust

2 avgust kuni Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 47 yoshli xodimi korxonaga kirish joyida ustidan benzin sepib, o‘ziga o‘t qo‘ydi. Zavod ma’muriyati xodim ishdan bo‘shatilmagani, ruxsatnomasiz kelgani uchun ichkariga kiritilmaganini ma’lum qildi. Ayolning yaqinlari esa umuman boshqa gaplarni aytmoqda.

4 Avgust

Farg‘ona viloyatida joriy yilning 6 oyi davomida 4 157 ta holatda iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. 

3 Avgust

Kun.uz manbasiga ko‘ra, 48 yoshli ayolning o‘ziga o‘t qo‘yishiga ishdan bo‘shatilgani (yoki bo‘shatilishi haqida ogohlantirish olgani) sabab bo‘lgan.

31 Iyul

Kelinchaksoy ko‘pchilikka ma’lum Arashan bulog‘i va ko‘llari tomon eltuvchi yo‘lda joylashgan. Cho‘ponlar aytgan afsonaga ko‘ra, sovuqda bolasini beshikda tebratib turgan kelinchak muzlab, toshga aylanib qolgan va shu sababdan bu atroflarni kelinchaksoy deb atashadi. "Manzil" shu yerda tirikchilik qilayotgan cho‘ponlar va yozning issig‘igacha saqlanadigan qorlarni ko‘rsatishga qaror qildi.

Ko`proq yangiliklar
Top