5 Sentabr

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limida bir fuqaroning (ayol) sog‘lig‘i yomonlashgani va yana bir fuqaroning o‘ziga tan jarohati yetkazayotgan holati aks etgan videotasvir tarqaldi. Farg‘ona viloyati YHXB axborot xizmati voqeaga munosabat bildirdi.

Farg‘ona tumanida 22 gektar ekin yer maydonini intensiv bog‘ tashkil etish uchun olib berish evaziga 68 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

3 Sentabr

Fuqaroning IIB xodimlari qo‘lida o‘lim topishi bilan bog‘liq navbatdagi holat Quvasoyda ro‘y berdi.

2 Sentabr

Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyati Qo‘qon o‘rmon xo‘jaligida namunaviy dorivor o‘simliklar Botanika bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

1 Sentabr

Umumta’lim muassasalariga 2021/2022 o‘quv yilida birinchi sinfga respublika bo‘yicha jami 587,7 ming nafar o‘quvchi qabul qilingan.

29 Avgust

2022 yil 29 avgust kuni Senat Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda “Farg‘ona viloyati Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Quvasoy shahar Lashkar qishlog‘ida IIB uchastka inspektori bir fuqaroni urib jarohat yetkazgani haqida xabar tarqaldi. Farg‘ona viloyat prokuraturasi rasmiy ma’lumot berdi.

19 Avgust

Qaysi hududda xonadon (uy)lar soni ko‘p ekani aytildi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

18 Avgust

Farg‘onada fuqaro o‘zaro janjal ortidan ikki kishini pichoqlab qo‘ydi. Ulardan biri shifoxonada vafot etgan.

16 Avgust

Marg‘ilon shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birining direktor o‘rinbosari T.I. tovlamachilik yo‘li bilan viloyatdagi tumanlardan birining xalq ta’limi bo‘limi mudiri U.R.dan pul olayotganda ushlandi.

15 Avgust

​​​​​​​Farg‘onada esa Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs avvalroq olgan 5400 dollardan 1000 dollarini qaytargan vaqtida qo‘lga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada janjallar uyasiga aylanib qolgan norasmiy tilla bozori haqida videoxabar tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB tomonidan holat o‘rganib chiqildi. 

Ko`proq yangiliklar
Top