13 Oktabr

Shavkat Mirziyoyev navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvda Xatirchi tumanidagi Tamabahrin mahallasi va hududdagi 22-maktabni e'tirof etib, bu maktabni rivojlantirishni taklif qildi. Avvalroq Kun.uz abituriyentlar markazi bo‘lmish bu mahalla haqida reportaj tayyorlagan edi.

Navoiy viloyatida bugungi kunda 294 ming nafar yoki 30 foiz aholining surunkali kasalliklari bor. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.

Sharoiti og‘ir bo‘lgan Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlarida tashkil etiladigan yangi tadbirkorlik sub'yektlari foyda, yer, suv, mol-mulk, aylanmadan olinadigan soliqlardan ozod etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.

Navoiy viloyatida bog‘chalar soni yetarli bo‘lmagan hududlarda 17 ta davlat bog‘chalari, 26 ta xususiy sheriklik, 466 ta oilaviy bog‘chalar tashkil etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.

Navoiyda viloyatida mahalliy sanoat loyihalari uchun 13 ta yangi sanoat hududi tashkil etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.

Navoiyning og‘ir iqlim sharoitida ishlab kelayotgan odamlar salomatligini asrash maqsadida, viloyatda “yashil hududlar”ni ko‘paytirish ishlari izchil davom ettiriladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.

Navoiy viloyatini muhandis mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha respublika markaziga aylantirish dasturi amalga oshiriladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.

Navoiy shahrida zamonaviy talablarga javob beradigan drama teatri barpo etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida aytib o‘tdi. 

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashuv davomida ekologik muammolarga to‘xtaldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Xatirchi tumanidagi Tama bahrin mahallasidagi 22-maktab negizida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida aytib o‘tdi. 

2022 yilda Navoiy shahrida Do‘stlik bog‘i qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida aytib o‘tdi. 

Navoiydagi saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida Shavkat Mirziyoyev yana bir bor Afg‘onistondagi vaziyatga to‘xtalib o‘tdi.

Ko`proq yangiliklar
Top