17 Iyun

Samarqand viloyatida prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 2020 yil va joriy yilning o‘tgan davrida 3 311ta holatda 2 166 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlangan.

16 Iyun

Bugun, 16 iyun kuni Samarqanddagi Registon maydonida yurtimizdagi bir qator yetuk tadbirkorlar ishtirokida Biznes marafon o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbir Yoshlar ishlari agentligi, «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi, MFaktor va viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan.

Samarqand shahrida chirib ketgan yirik diametrli quvur uzilib tushib, mashinani bosib qoldi. Oqibatda mashina yaroqsiz holga kelgan.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi.

Samarqand viloyatida joriy yilda yo‘l-transport hodisalari soni 42,9 foizga, ular bilan bog‘liq o‘lim holatlari esa 32,4 foizga oshgan. Bu haqda bugun, 16 iyun kuni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma'lum qilingan.

Samarqand shahrida soxta hujjatlar bilan qilingan qurilish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

15 Iyun

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi Qorag‘uppa mahallasida yashovchi 17 yoshli S.A. 12 iyun kunidan beri qidirilmoqda. Yaqinlarining aytishicha, o‘sha kuni uni Darg‘om kanaliga tushib ketganini ko‘rganlar bo‘lgan.

Samarqand shahar hokimligidan uy-joyi buzilgan fuqaroga 1,5 milliard so‘m undirib berilgan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasiga yangi rahbar tayinlangan. Bu haqda boshqarma axborot xizmati xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati xodimi shu tumanga borgan jurnalistlarning kamerasiga tashlanib, undagi xotira kartasini chaynab, yo‘q qilgani haqida xabar tarqaldi.

14 Iyun

Samarqand viloyatida ikki nafar shaxs egalari tomonidan o‘tlatish uchun yo‘l chetiga bog‘lab qo‘yilgan bir nechta qoramolni o‘g‘irlab «Neksiya-3»ga ortib ketgan.

Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchalarining birida gaz tashuvchi maxsus mashina portlab ketgan.

Ko`proq yangiliklar
Top