19 Iyun

18 iyun kuni Oqdaryo tumanida u olti soat davomida mashinadan tushmay, YPX xodimlarining talablarini bajarmagan. Ayol avtomobilni raqamsiz boshqargan va to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan.

18 Iyun

"Vaz-2106" mashinasi tez tibbiy yordam mashinasining yon tomonidan kelib urgan.

17 Iyun

Tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi ommaviy janjal Past Darg‘om tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘uruq bo‘limi binosida sodir bo‘lgan.

Kun.uz muxbiri internetda kun salbiy qahramoniga aylangan ayolning eri va voqea atrofidagi insonlar bilan suhbatlashdi. Bolaning nogironligi va soatlab tinimsiz yig‘lashi onaning ruhiy zo‘riqishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

FVB va IIB xodimlariga qidiruv ishlarida marhum o‘smir yashagan mahallada yashovchi 65 nafar odam yordamlashgan.

Ohak pishirish korxonasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga 3,5 milliard so‘m zarar yetkazgan.

2022 yil mart oyida Samarqand shahridagi «Golden kids» xususiy bolalar bog‘chasida tarbiyachi bolalarning qo‘liga igna sanchgani aks etgan video tarqalgandi.

16 Iyun

Samarqandning Qorasuv mavzesida bir yarim yoshli qizaloq uy balkoniga o‘rnatilgan panjaradan o‘tib, 10-qavatdan pastga tushib ketgan va halok bo‘lgan edi. Qurilish vazirligi panjaraning to‘sig‘ini o‘lchadi va mas’ullarga chora ko‘radigan bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, bolaga zulm o‘tkazilgan hodisa Samarqandda, Payariq tumanida ro‘y bergan. Ona ayni shu chaqalog‘ini davolatish uchun kasalxonaga borgan. Unga nisbatan qiynash moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi, Toshkentda talaba, Andijonda esa texnikum direktori fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pul olayotganda qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bulung‘ur tumanida o‘tkazilgan patrullik tekshiruvida ichki ishlar organlari xodimlarining formasini kiyib yurgan ayol ushlangan.

Ko`proq yangiliklar
Top