28 Aprel

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 29 aprel kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.

27 Aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda jurnalistlar va blogerlar uchun Sirdaryo viloyatiga press-tur tashkil qilindi. 

Markaziy bankning sobiq rahbari Fayzulla Mullajonovning ikkinchi o‘g‘li Sirdaryo viloyati prokuroriga o‘rinbosar bo‘ldi.

26 Aprel

Guliston davlat universiteti 14 kunlik karantinga yopilgan.

«Qishloqqurilishbank» Sirdaryo mintaqaviy filialida 81 ming yevro miqdoridagi xorijiy valutadagi qalbaki pul aniqlangan. Mazkur holat bo‘yicha hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish maqsadida viloyat IIBga taqdim qilingan.

24 Aprel

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi mahallalardan birining kotibi «Asakabank» mas'ullari bilan til biriktirib, fuqarolar nomiga ularning xabardorligisiz kredit olgan.

20 Aprel

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosini ta'mirlashdagi talon-torojlik fosh etilgan.

19 Aprel

Sirdaryo viloyatining Oq oltin tumanida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda ikki kishi vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda yana 300dan ortiq kishida koronavirus aniqlangani va ayni vaqtda shifoxonalarda davolanayotganlar soni 2 ming nafardan oshgani, ularning 238 nafari og‘ir ahvolda ekani haqida xabar berdi.

Sirdaryo viloyati DXX va IIB boshqarmalari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida O‘zbekiston hududiga olib kirilgan giyohvand moddalar aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilindi.

16 Aprel

Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tayotgan faollar yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev Past Darg‘om tumani hokimi Shunqor Xudoyderdiyevdan tumandagi o‘zgarishlar bo‘yicha hisobot so‘radi. Tuman hokimi 1 sentyabrga qadar “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”da faqat nogironlar qolishini va'da qildi. 

14 Aprel

Sirdaryo viloyatida Qashqadaryodan olib kelinayotgan iste'molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolingan va laboratoriya tekshiruvidan so‘ng yoqib yuborilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top