29 Avgust

Sud hukmi bilan, Toshkent viloyati prokuraturasi fuqaroga 305 mln so‘mni qaytarishi kerak. Ammo “deloning sinishi” prokurorlarga hech tinchlik bermayapti. Alamzadalikdanmi balki, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmini pisand etmay, qonunchilikka zid ravishda ish tutmoqdalar.

28 Avgust

Toshkent viloyati IIBB Kun.uz saytida Quyi Chirchiqdagi qotillik ro‘y berishida profilaktika inspektorining beparvoligi ham sabab bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida chiqqan materialga munosabat bildirdi.

27 Avgust

Eri tomonidan begona bolalar ko‘z o‘ngida kaltaklangan 24 yoshli ayol ertasi kuni o‘z bolalari ko‘z o‘ngida pichoqlab o‘ldirildi. Ayol kaltaklanganidan keyin uning yaqinlari IIBga murojaat qilgan. Lekin profilaktika inspektori daladagi ishlarini bahona qilib, huquqbuzarga chora ko‘rmagani aytilmoqda. Kun.uz muxbiri hodisa sodir bo‘lgan mahallada bo‘lib, voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

26 Avgust

Ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkent viloyati Qibray tumani Madaniyat yo‘lida ayanchli YTH sodir bo‘lgani aytilmoqda» sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.

Quyi Chirchiq tumanida eri tomonidan rashk sabab xususiy uy bog‘chasidagi bolalar ko‘z o‘ngida kaltaklangan ayol ertasi kuni pichoqlab o‘ldirildi. 

Quyi Chirchiqdagi bog‘chada yuz bergan er-xotin janjali yuzasidan tergov boshlandi

23 Avgust

Ayrim tergovchi va sudyalar shaxmat o‘yinchisiga o‘xshaydi: odamlar taqdirini istasa oq, istasa qora katakka suradi. Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi shunday “o‘yinchilar” 20 yoshli yigitni davlat dushmaniga, aybsiz erni esa aybdorga chiqarishdi.

20 Avgust

O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan Chirchiqda o‘tkazilgan shouda Airbus H215 harbiy vertolyoti osmonda “30 UzAF” (Uz Air Force) yozuvini qoldirib uchdi. Shou davomida uchuvchilar va desantchilar samolyot va vertolyotlarda turli usullar bilan o‘z mahoratini ko‘rsatdi.

17 Avgust

Fuqarolar xavfsizligi ta’minlangan holda psixologik yordam ko‘rsatilib, tog‘ cho‘qqisidan olib tushilgan. 

13 Avgust

Andijondagi OTMga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytgan shaxs 10 ming dollar, Toshkentdagi oliygoh talabaligini va’da qilgan shaxs esa 5 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Bir-biridan alohida uchta holatda Tojikistondan o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirib berishni va’da qilganlar 3000, 2200 va 2000 ming dollar bilan ushlandi.

12 Avgust

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz ulushni xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasi tanlab olinishi yuzasidan tanlov e’lon qildi.

7 Avgust

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida ijara asosida ajratilgan yerni 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi.

Ko`proq yangiliklar
Top