22 Aprel

Xiva shahridagi davlat muzey-qo‘riqxonasida olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida 101 ta eksponat soxta ekani aniqlangan.

21 Aprel

Xorazmdagi kulolchilik markazi kulollar sulolasini birlashtirgani va usta-kulollarning qiziq hikoyalari bilan diqqatga sazovor joy. Kun.uz muxbiri kulolchilik markazidan fotoreportaj tayyorladi.

17 Aprel

Xorazm viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir bo‘lgan, aholining turmush darajasi past, og‘ir toifadagi mahallalarda aholining yashash sharoitlari, hayot darajasini yaxshilash va ijtimoiy muammolarini yechish maqsadida «Mahalla - kompleks» tadbiri amalga oshiriladi.

11 Aprel

Urganch shahridagi 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Jamshidbek Ahmedov suvga cho‘kayotgan ayolning qutqarilishiga sababchi bo‘ldi.

8 Aprel

Urganch shahrida do‘koni buzilgan tadbirkor Humoyun Masharipov yetkazilgan zarar uchun yer va kompensatsiyani 5 yildan buyon ololmayapti. Uning o‘z huquqini tiklash uchun samarasiz urinishlari, hokimlikning noqonuniy qarori, soxta qarorlar, IIB bunda jinoyat alomatini topmasligi va prokuraturaning «jimligi» – shular haqida maqolamizda yoritamiz.

Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

5 Aprel

Xiva shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) umumlashgan madaniy meroslar dasturi doirasida «Loy arxitekturasini saqlash» mavzusida seminar-trening boshlandi.

3 Aprel

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi tomonidan 1978 yilda tug‘ilgan I. I. ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi. 

Ikki holatda davlat manfaatlariga 230 million so‘mdan oshiq zarar yetkazilgan.

2 Aprel

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi Hay’at majlisida bir nechta hududda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlar lavozimidan ozod etilgan.

1 Aprel

Xorazm viloyati markazi Urganch shahrining serqatnov chorrahalaridan biriga o‘rnatilgan reklama monitorida behayo videolavha namoyish etildi. IIB bu ehtiyotsizlik oqibatida yuz berganini ma’lum qildi.

31 Mart

Turkiya prezidentining tashrifi yakunlanganidan so‘ng, O‘zbekiston prezidenti Xorazmda rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ko`proq yangiliklar
Top