Toşkentdagi haykal Islom Karimov faoliyat olib borgan asosiy iş qarorgohi — Oqsaroy oldiga örnatildi. Ayni vaqtda hududni obodonlaştiriş işlari davom etmoqda.

Haykal muallifi Ilhom Jabborov. U Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov haykalini yaratiş böyiça xalqaro tanlovda ğolib çiqqan. Tanlovda Özbekiston, Turkmaniston, Ukraina, Janubiy Koreya, Italiya, Avstraliya va Germaniyadan 58 nafar haykaltaroş iştirok etgan, jami 68ta loyiha taqdim etilgandi.

Jabborov Toşkentdagi Mustaqillik maydoniga örnatilgan Mustaqillik va ezgulik monumenti hamda poytaxt markazidagi Amir Temur haykali muallifi hisoblanadi.

Bundan oldinroq Samarqand şahrida Islom Karimov haykali örnatilgani haqida xabar berilgandi.

Tez orada uçinçi haykal Qaşqadaryo viloyati markazi Qarşi şahrida örnatiladi.