Samarqandning sobiq Yölbarslar xiyobonida Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov haykali qad rostladi. Ayni paytda haykal postamenti va uning oldidagi maydonda sönggi pardoz işlari olib borilmoqda.
Quriliş işlarida qatnaşayotgan işçilarning KUN.UZga ma'lum qilişlariça, haykal keça keçasi Toşkentdan olib kelingan. Uning böyi 5,8 metr bölib, 5,5 metr balandlikdagi postamentga örnatilgan va usti oq mato bilan tösib qöyilgan.
Ilgariroq I.Karimovning ikki haykali yasab bölingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Samarqandda örnatilgan haykalda I.Karimov plaşçda tasvirlangan.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, Samarqanddagi haykalning oçiliş marosimi 25 avgust kuni bölib ötadi. Şu kuni Samarqandda «Şarq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali ham oçiladi.














