11:44 / 28.07.2016
30480

Ruslan Chagayev sog‘lig‘idagi muammo tufayli bokschilik faoliyatini yakunladi

WBA yo‘nalishining super og‘ir vazni bo‘yicha sobiq jahon chempioni, o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev 37 yoshida bokschilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda uning menejyeri Timur Dugazayevga asoslanib Sportbox.Ru xabar bergan.

«Ruslan bizga karerasini yakunlashi haqida ma'lum qildi. Bunga sabab uning ko‘zlaridagi muammodir. Sog‘liq hamisha birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak», — degan Dugazayev.

Nashrning eslatishicha, 2001 yili Ruslan Chagayev chap ko‘zidagi muammolar sabab operatsiya qilingandi.

25 iyul kuni Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) Chagayevni  superog‘ir vazn toifasining WBA (Regular) chempionlik kamaridan mahrum qilgandi. Bunga bokschining vakillari Okendoga qarshi jang bo‘yicha kelishuv boshlamagani sabab bo‘ldi.

Chagayev shu yilning 5 martida avstraliyalik Lukas Braunga yutqazib, chempionlik kamaridan mahrum bo‘lgan, ammo may oyida Braunning qonida taqiqlangan modda aniqlanib, kamar Chagayevga qaytarilgandi.

26 iyul kuni Ruslan Chagayev WBA reytingidan chiqarildi.

 

Top