25 iyul kuni Ruslan Çagayevni superoğir vazn toifasining WBA (Regular) çempionlik kamaridan mahrum qilgan Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) uni reytingidan ham çiqardi.

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) Çagayev va uning jamoasini Fres Okendoga qarşi ötkaziladigan majburiy himoya jangi böyiça muzokara ötkazmagani va taşkilot sörovlariga javob bermagani uçun jazoladi.

WBA bir neça marotaba Çagayevning jamoasiga rasmiy maktub yöllab, Okendo bilan muzokaralar jarayonini boşlaşni söragan, ammo javob olmagan. Puerto-rikolik da'vogar bilan himoya jangi ötkaziş böyiça muzokaralar uçun Çagayevga 120 kun muhlat berilgandi.

2014 yilning iyulida Çagayev Okendo ustidan ğalaba qozongan, ammo puerto-rikolik sportçining jamoasi jang şartnomasining buzilişini rökaç qilib, revanş uçraşuvining ötkazilişiga erişgandi.

Ruslan Çagayev Lukas Braun bilan çempionlik jangini 5 mart kuni Grozniy şahrida ötkazgandi. Unda özbekistonlik boksçi raqibiga 10-raundda texnik nokaut bilan mağlub bölgandi.

May oyida avstraliyalik 37 yoşli Lukas Braunning doping uçun topşirgan takroriy test namunalarida taqiqlangan klenbuterol moddasi borligi aniqlandi va u çempionlik kamaridan mahrum etilib, uning kamari Çagayevga qaytarildi.