20:12 / 29.12.2015
5303

Rossiya Afg‘onistonga yanvarda AK-47 avtomati partiyasini yetkazib beradi

Rossiya yanvarda Afg‘onistonning huquq-tartibot muassasalari xodimlari uchun o‘qotar kurol partiyasini yetkazib berishni rejalashtirmoqda, deb aytdi Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya tashqi ishlar vazirligining Osiyo bo‘yicha ikkinchi departamenti boshlig‘i Zamir Qobulov. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.

“Kobulga Rossiya ichki ishlar vazirligi yo‘li bilan 10 mingta AK-47 avtomati va unga o‘q-dorilar yetkazib berish bo‘yicha masalani ishlab chiqish deyarli yakuniga yetdi. U 2016 yilning yanvarida amalga oshiriladi”, deb aytdi Qobulov.

Qobulovning ta'kidlashicha, Rossiya Afg‘oniston hukumatining milliy yarashuvga erishishga nisbatan tutgan yo‘lini qo‘llab-quvvatlaydi va “BMT Xavfsizlik kengashi qo‘mitasining 1988 yildagi sanksiya tartibini zaiflashtirish imkoniyati masalalariga egiluvchanlik bilan yondashishga” tayyor.

Top