09:09 / 13.07.2017
4750

Yaponiyada suv toshqinlari 29 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: Yahoo

Yaponiyaning Kyusyu orolida suv toshqinlari natijasida 29 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda NHK telekanali.

Yana taxminan 20 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Suv toshqinlariga kuchli yomg‘irlar sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Avvalroq Xitoy janubi-sharqidagi Xunan viloyatida kuchli yomg‘irlar tufayli kamida 83 kishi halok bo‘lgani yoki bedarak yo‘qolgani xabar qilingandi.

Top