Jahon | 19:23 / 22.08.2017
14086
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning yana bir shahrida O‘zbekiston bosh konsulligi ochiladi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Qozon shahrida O‘zbekiston bosh konsulligini ochish haqidagi farmoyishni imzoladi. 

Farmoyishga ko‘ra, Qozondagi bosh konsullik Boshqirdiston, Mariy El, Mordoviya, Tatariston, Udmurtiya, Chuvashiya, Perm o‘lkasi, Nijyegorod, Orenburg, Penza, Samara, Saratov va Ulyanovsk viloyatlari hududini qamrab oladi.

Avvalroq Vladivostokda O‘zbekiston bosh konsulligi ochilishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid