Özbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov universitetning Sotsiologiya yönalişi uçun qabul imtihonlari natijalariga köra, uşbu yönalişga oldindan «tanlangan» abituriyentlar öqişga qabul qilingani haqida gumonlar paydo bölişiga munosabat bildirdi. 

«Bunday bemazagarçiliklar oldini oliş uçun jiddiy kuraş boşlandi. Jiddiy natijalarga erişiş uçun biroz vaqt kerak. Jiddiy kuraş olib borilmoqda», deya söz boşladi rektor Kun.uz jurnalisti bilan suhbatda.

Rektor Milliy universitetda imtihonlardagi şaffoflikni ta'minlaş uçun eng yangi texnologiyalar qöllanayotganini eslatib ötdi.

«Prezident bu masalani kötarganidan keyin köp işlar olib borildi. Hujjatlarni qabul qilişda firibgarliklarning oldini oliş uçun eng zamonaviy texnologiyalarni, yuzdan, barmoqdan tanuvçi texnologiyalarni qölladik, imtihonlar vaqtida videokuzatuvni joriy qildik. Natijalar yaxşi böldi. Bunga özingiz guvoh böldingiz (Kun.uz saytida bu özgarişlar yoritilgan).

Vazirlik ham, Oliy ta'lim muassasalari ham, bilimsiz abituriyentlar öqişga kirişidan manfaatdor emas. Bundan davlatimiz iqtisodiyoti zarar köradi.

Işlar yetarliça samara keltirmayotgan bölsa, buning uçun barça aybni oliy ta'lim muassasiga yuklaş töğri bölmaydi.

Taşqarida abituriyentlarga öqişga yordamga beruvçilar katta industriya taşkil etişgan. Bu işga aralaşmaydiganlar kam. Bu işni kasbga aylantirib olişgan.

Men bu masalani hukumatga kötarib çiqdim. Boş vazir rahbarligidagi qabul komissiyasida muhokama qildik. Natijada, guruhlarni qayta şakllantirdik.

Masalan, matematika fakulteti, axborot xavfsizligi ta'lim yönalişida bir mahalladan 30dan ortiq kişi, ta'lim sohasiga aloqador bölmagan ayollar hujjat topşirgani aniqlandi. Ularning 7 nafari bitta köçadan. Ularning hammasi bitta guruhni taşkil qilgan. Abituriyentlar 30tadan guruhga ajratilganida har bir guruhga «yetaklovçilar» («paravozlar») böladi.

Hozirça bunday holatlarning balki öndan birining, balki, yuzdan birining oldini olişga erişdik. Bunday holatlarning oldini oliş uçun sizlar bilan hamkorlikda kuraş olib borişimiz kerak», deydi rektor.

Kun.uz jurnalisti Avazjon Marahimovga Sotsiologiya yönalişida kuzatilgan holat böyiça izoh sörab, «Qinğir yöllar bilan öqişga kirib olganlar öqişda davom ettiraveradimi. Ulardan qaytadan test oliş imkoni yöqmi?» deya yuzlangan.