Abdulloyev Kamol Talatoviç Yonğoq işlab çiqaruvçilar va eksport qiluvçilar uyuşmasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 21 iyunda bu haqda tegişli qaror çiqardi, deb xabar bermoqda hukumat portali.

1 iyun kuni Özbekiston Respublikasi prezidentining «Yonğoq işlab çiqaruvçilar va eksport qiluvçilar uyuşmasini tuziş va uning faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Qarorga köra, yonğoq işlab çiqaruvçilar va eksport qiluvçilar uyuşmasi tuzilmoqda.

Uyuşma tarkibida MÇJ şaklida Yonğoqçilik ilmiy-tadqiqot markazi, Yonğoq logistika markazi, «Sag agro MTP» MÇJ, Jizzax, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Toşkent viloyatlarida hududiy «Yonğoqagro» MÇJ taşkil etiladi.