1 iyun kuni Özbekiston Respublikasi prezidentining «Yonğoq işlab çiqaruvçilar va eksport qiluvçilar uyuşmasini tuziş va uning faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror lalmi yerlardan foydalanişni rağbatlantiriş va samaradorligini yanada oşiriş, içki va taşqi bozorlarda raqobatdoş bölgan yonğoq işlab çiqariş hajmini köpaytiriş, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qiliş hisobiga zamonaviy yonğoq plantatsiyalarini barpo qiliş hamda yonğoq yetiştiriş böyiça ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etiş maqsadida qabul qilinmoqda.

Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi, «Sag agro» va «Sam antep gilam» MÇJlarning taklifiga köra, yonğoq işlab çiqaruvçilar va eksport qiluvçilar uyuşmasi tuzilmoqda. Uyuşma tarkibida MÇJ şaklida Yonğoqçilik ilmiy-tadqiqot markazi, Yonğoq logistika markazi, «Sag agro MTP» MÇJ, Jizzax, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Toşkent viloyatlarida hududiy «Yonğoqagro» MÇJ taşkil etiladi.

Qisqaça qilib aytganda, uyuşmaning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari quyidagilardan iborat:

  • mahalliy tabiiy-iqlim şaroitlariga moslaştirilgan yonğoqning serhosil zamonaviy plantatsiyalarini yaratiş;
  • respublika hududlarida yonğoq işlab çiqariş hajmini köpaytiriş çoralarini köriş;
  • yonğoqning serhosil nihollarini laboratoriya şaroitlarida yetiştirişni taşkil etiş;

«Sag agro» MÇJ va «Sam antep gilam» MÇJ, «Yonğoqçilik ilmiy-tadqiqot markazi» MÇJ, «Yonğoq logistika markazi» MÇJ, «Sag agro MTP» MÇJ, şuningdek, hududiy «Yonğoqagro» MÇJlari Yonğoq işlab çiqaruvçilar va eksport qiluvçilar uyuşmasining muassislari hisoblanadi.

«Yonğoqçilik ilmiy-tadqiqot markazi» MÇJ yonğoqni mahalliy iqlimga moslaştiriş va rayonlaştiriş, serhosil, tez pişar, qurğoqçilikka çidamli va virussiz navlari böyiça ilmiy-tadqiqot işlarini amalga oşiradi;

«Yonğoq logistika markazi» MÇJ yonğoq mahsulotlarini qayta işlaş va saqlaş böyiça xizmatlar körsatişga, şuningdek, eksport qilinadigan mahsulotlarni tayyorlaş va bojxona hujjatlari rasmiylaştiruvini ta'minlaşga ixtisoslaşadi;

«Sag agro MTP» MÇJ yonğoq işlab çiqaruvçilarga agrotexnik tadbirlarni amalga oşiriş böyiça mexanizatsiya xizmatlari körsatadi;