Sankt-Peterburgda Estoniya konsuli qo‘lga olindi
Estoniya tashqi ishlar vazirligi vakili Aari Lemmik ushbu holatni ig‘vogarlik deb atadi.
Rossiya federal xavfsizlik xizmati Sankt-Peterburgda Estoniya bosh konsulxonasi konsuli Mart Lyatteni qo‘lga oldi.
Xabar qilinishicha, Lyatte Rossiya fuqarosidan maxfiy tusdagi ma'lumotlarni olayotgan vaqtda ushlangan.
«Bunday faoliyat diplomatik xodim maqomiga to‘g‘ri kelmaydi va Rossiya Federatsiyasiga nisbatan dushmanona tusga ega», — deyiladi FXX bayonotida.
Ta'kidlanishicha, diplomatga nisbatan xalqaro huquq normalariga muvofiq chora ko‘riladi.
O‘z navbatida, Estoniya tashqi ishlar vazirligi vakili Aari Lemmik ushbu holatni ig‘vogarlik deb atadi.
«Biz Rossiyaning harakatlarini qoralaymiz. Bu noqonuniy, ig‘vogarona va Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar hamda butun Yevropa Ittifoqiga zarar yetkazadi», — dedi Lemmik.
U konsulga nisbatan ilgari surilgan ayblovlar asossiz, dalillar esa soxtalashtirilganini ta'kidladi.
Mavzuga oid
20:20
Rossiya 2024 yil oxirigacha 20 dan ziyod Superjet 100 ishlab chiqarishi kerak edi, ammo u yettitadan oshmadi
19:06
Rossiyada mushkul ahvolga tushib qolgan bir oilaning besh a’zosi O‘zbekistonga qaytarildi
17:23
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi
15:36