Jahon | 14:29 / 04.04.2017
69735
1 daqiqa o‘qiladi
Peterburgdagi portlash jabrlanuvchilari orasida O‘zbekiston fuqarosi ham bor
Sankt-Peterburg metrosida ro‘y bergan portlash oqibatida jabrlanganlarning 3 nafari xorijliklar. Bu haqda shahar gubernatori Georgiy Poltavchenko jurnalistlarga ma'lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, portlash oqibatida Belarus, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari jarohatlangan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 49 kishi jarohatlangan. Ayni vaqtda jarohatlangan holda shifoxonada qolayotganlar barqaror holatda ekani aytilgan.
Bundan oldinroq Peterburgdagi portlashda jabrlanganlar ro‘yxati e'lon qilindi, unda o‘zbekcha nomlar borligi haqida xabar berilgandi.
O‘zbekiston TIV sayti hozircha bu borada ma'lumot bermadi.
Mavzuga oid
17:38 / 24.12.2024
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
19:58 / 19.12.2024
“Bu shahar ichidagi, hamma qarshi bo‘lgan bomba edi” - Farg‘onadagi portlash haqida guvohlar nima deydi?
10:59 / 18.12.2024