Jahon | 19:50 / 20.11.2021
7973
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh 2025 yildan kemalarini gipertovushli raketalar bilan jihozlashni boshlaydi

AQSh harbiy-dengiz kuchlari tarkibida asosiy quroli 80ta Tomahawk qanotli raketasi bo‘lgan Zumwalt sinfidagi ikkita esminets va 12ta ana shunday raketani tashuvchi 19ta Virginia sinfidagi atom suvosti kemasi bor.

Foto: AP

AQSh 2025 yildan Zumwalt sinfidagi esminetslarini, 2028 yildan esa Virginia sinfidagi atom suvosti kemalarini gipertovushli raketalar bilan jihozlashni boshlaydi. Bu haqda AQSh harbiy-dengiz kuchlari strategik tizimlar dasturi direktori, vitse-admiral Jonni Vulf ma'lum qildi.

AQSh harbiy-dengiz kuchlari tarkibida asosiy quroli 80ta Tomahawk qanotli raketasi bo‘lgan Zumwalt sinfidagi ikkita esminets va 12ta ana shunday raketani tashuvchi 19ta Virginia sinfidagi atom suvosti kemasi bor.

Vitse-admiralning ma'lumot berishicha, bu yil gipertovushli tizimlarning parvoz sinovlarini o‘tkazish davom ettiriladi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 1 oktyabrda boshlangan 2022-moliyaviy yilda harbiy-dengiz kuchlari ikki marta gipertovushli raketalar sinovini o‘tkazishga tayyorlanmoqda.

U shuningdek, oktyabrda gipertovushli tizimlar uch marta sinovdan o‘tkazilganini eslatib o‘tdi.

Mavzuga oid