Blinken Yaqin Sharqda. AQShning Suriyadagi manfaatlari nimalar?
AQSh davlat kotibi yana Yaqin Sharqqa keldi: bu safar G‘azo masalasi emas, post-Asad davri Suriyasi muhokama markazida. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilchilar Vashingtonning Suriyadagi manfaatlari haqida so‘z yuritdi.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Suriyadagi davlat to‘ntarishi fonida navbatdagi marta Yaqin Sharqqa keldi. U Suriyaning qo‘shnilari – Iordaniya, Turkiya va Iroqda bo‘ldi, post-Asad davri Suriyasi bo‘yicha muzokaraga yig‘ilgan mintaqa mamlakatlari vazirlari uchrashuvida qatnashdi.
Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” hafta tahlili dasturida siyosiy tahlilchilar AQShning Suriyadagi manfaatlari va maqsadlari haqida so‘z yuritdi
Siyosatshunos Bektosh Berdiyevning fikricha, AQShning Yaqin Sharqdagi maqsadlaridan biri – Katta Yaqin Sharq konsepsiyasini amalga oshirishdir. Bu konsepsiyaning asosiy masalalaridan biri esa – Ozod Kurdiston davlatini tashkil qilish. Ozod Kurdiston to‘rtta davlat – Turkiya, Suriya, Iroq va Eron yerlaridan tashkil topishi rejalashtirilgan.
“Suriyaning bundan keyingi taqdiri AQSh va Turkiya o‘rtasidagi muzokaralar va kelishuvlarga qarab hal bo‘ladi. Shuningdek, Suriyadagi yangi hukumatning barqaror kelajagi ham aynan AQSh va Turkiya bilan o‘rtasidagi munosabatlariga bog‘liq”, – deydi u.
Berdiyevga ko‘ra, AQShning Suriyadagi manfaatlari, birinchidan, Isroilning shimoliy chegaralari xavfsizligi, ikkinchidan, kurdlar davlatini tashkil qilish yoki hech bo‘lmaganda bu yo‘nalishda qadam tashlash, uchinchidan, Suriyada Eronning ta’sirini butunlay yo‘q qilishdan iborat.
Siyosiy tahlilchi Shuhrat Rasulning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda AQSh Turkiya bilan hisoblashishga majbur. Vashington o‘z manfaatlari nuqtayi nazaridan Suriyada federativ davlat barpo etishni taklif qilayotgan bo‘lishi mumkin.
“Gap yagona uchta mustaqil davlatning pozitsiyalari haqida ham boryapti, shu jumladan Amerikaning azaliy dushmani Eronning pozitsiyasi ham juda muhim. Birdaniga mintaqadagi to‘rtta davlat bilan urushib, ularga zo‘ravonlik qilib, katta Kurdiston degan davlatni Amerika qanchalik qudratli bo‘lsa ham yarata olmaydi.
Vashington va Anqara Suriyada federatsiya qurmoqchi. Keyin mana shuning doirasida kurdlarga ham avtonomiya va’da qilib berilishi mumkin”, – deydi u.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yaman husiylariga qarshi harbiy amaliyot boshlashni buyurdi
Jahon | 01:48
-
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:32 / 15.03.2025
-
Yevropa Ittifoqi harbiy razvedka uchun sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini yaratishi mumkin
Jahon | 22:27 / 15.03.2025
-
Tramp «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini nazorat qiluvchi agentlikni qisqartirmoqchi
Jahon | 22:01 / 15.03.2025
Mavzuga oid

01:48
Tramp Yaman husiylariga qarshi harbiy amaliyot boshlashni buyurdi

22:27 / 15.03.2025
Yevropa Ittifoqi harbiy razvedka uchun sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini yaratishi mumkin

22:01 / 15.03.2025
Tramp «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini nazorat qiluvchi agentlikni qisqartirmoqchi

18:18 / 15.03.2025