O‘zbekistonda mintaqada yagona hisoblangan havoni tabiiy sovutish tizimi ishga tushirildi

Foto:Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida tabiiy amiakda ishlovchi havoni sovutishning qayta yangilangan markazlashgan tizimi ishga tushirildi. Umumiy qiymati 500 ming AQSh dollarini tashkil etgan mazkur loyihani amalga oshirishga tayyorgarlik bir yildan ortiq davom etib, bir necha bosqichda o‘tdi. Bu haqda KUN.UZ’ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan ushbu tizimning afzalligi shundaki, u havoni markazlashtirilgan holda va eng muhimi ekologik jihatdan toza usulda sovutib beradi. Sovutishning bunday usuliga o‘tish hozirda rivojlangan davlatlarda jadallik bilan tatbiq qilinmoqda. Ushbu tizimning inson salomatligiga zarari kamligi va ozon qatlami hamda iqlim o‘zgarishiga xavf solmaydigan ekologik sof texnologiya ekanligi ahamiyatlidir.
— Yozda bemorlar parvarishidagi asosiy omillardan biri bu — havo haroratini nazorat qilib borishdir, — deydi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Abduhakim XADJIBAYeV. — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 800 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, eskirgan sovutish tizimi sabab, issiq mavsumda bemorlar uchun kerakli sharoitni ekologiyaga zarar etkazmay yaratish muammolarga sabab bo‘layotgan edi. Yangi loyiha ayni shu masalaga yechim sifatida joriy etilmoqda.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida tatbiq etilgan ushbu loyiha Monreal bayonnomasi talablariga ko‘ra ishga tushirildi. Mamlakat 1993 yildan buyon Monreal protokoli yuzasidan olingan majburiyatlarni muvaffaqiyatli bajarib kelmoqda. Ushbu protokol talablariga ko‘ra, unga a'zo mamlakatlar xlor, ftor, uglerod sinfiga mansub xladagentlarning kimyoviy moddalarini iste'moldan chiqarib tashlash, so‘ng bosqichma-bosqich ulardan foydalanishni qisqartirish, 2030 yilga kelib mazkur sinfga mansub bo‘lgan barcha xladagentlarni iste'moldan chiqarish majburiyatini olgan.
Ma'lumot uchun, ozon qatlamining yupqalashib ketishi muammosini hal etish maqsadida 1985 yil 147 mamlakat ishtirokida Ozon qatlamini himoya qilish to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi qabul qilingan. 1987 yil 16 sentabr kuni Ozon qatlamini buzuvchi moddalarga doir Monreal bayonnomasi imzolangan.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Global ekologik jamg‘arma hamkorligida “Iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamalakatlar hududida gidroxlorftoruglerodlardan foydalanishni jadal qisqartirishning birlamchi bajarilishi – O‘zbekiston” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ozon yemiruvchi moddalardan foydalanishni qisqartirishga qaratilgan ushbu hamkorlikdagi loyihaning asosiy yo‘nalishlaridan biri – havoni sovutish va konditsionerlash tizimida muqobil xladagentlar qo‘llanilgan loyihalarni amalga oshirish hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urumchida O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 01:01
-
Samarqanddagi o‘rmonda 50 mingdan ortiq buta va daraxtlar yonib ketdi
O‘zbekiston | 00:27
-
Isroilda o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Qator aholi punktlari evakuatsiya qilindi, asosiy magistral yo‘l yopildi - fotolar
Jahon | 23:44 / 30.04.2025
-
Qozog‘iston investorlar uchun yangi «oltin vizalar»ni joriy etmoqda
Jahon | 23:15 / 30.04.2025
Mavzuga oid

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?

17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda

19:59 / 09.07.2024