Jahon | 23:30 / 04.07.2017
8604
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar hukumati arab mamlakatlari talablari ijrosini ilojsiz deb hisoblaydi

Foto: Flickr.com

Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdur-Rahmon At-Taniy arab davlatlarining munosabatlarni qayta tiklash uchun Dohaga qo‘ygan talablari ro‘yxatini noreal deb atadi. Amirlik TIV rahbari Al-Jazeera telekanalida shunday bayonot bilan chiqdi. 

"Talablar ro‘yxati noreal va ularni amalga oshirishning iloji yo‘q, ular (talablar) mamlakat suverenitetini buzadi", - dedi u va shunday bo‘lsa-da, Qatar muloqotga tayyor ekanini bildirdi.

Shuningdek u Kuvayt yordamida muammolarni hal qilishga umid qilayotganini ta'kidladi. Qatar vaziri Dohaning ultimatumga rasmiy javobiga to‘xtalar ekan, "Kuvaytga yetkazilgan javob oldindan tayyorlangani va u suverenitet hamda xalqaro huquqni saqlab qolish tamoyillari"ga muvofiq kelishini qayd etdi.

Mavzuga oid