O‘zbekiston | 18:36 / 22.08.2016
10049
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekiston infratuzilmasi – Farg‘ona vodiysi 2016" xalqaro ko‘rgazmasi ochildi

Farg‘onada “O‘zbekiston infratuzilmasi – Farg‘ona vodiysi 2016" xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “ITE Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada xalqaro kompaniyalar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari tadbirkorlariga o‘z xizmat va texnologiyalarini taqdim etayotir.

AQSh, Belgiya, Germaniya, Italiya, Vengriya, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Turkiya kabi o‘ndan ziyod davlat o‘ttizdan ortiq kompaniyasining tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari, asbob-uskunalar va texnika bo‘limlarida namoyish etilayotgan texnologiyalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. 

Tadbirda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘plab korxona va kichik biznes sub'yektlari ham o‘zlarining zamonaviy texnologiya va mahsulotlarini namoyish etmoqda.

Mavzuga oid