2022 yildan Rossiyaga kirish uchun giyohvandlik va OIV infeksiyasi yo‘qligi to‘g‘risidagi tibbiy ma'lumotnoma talab etiladi
Bu qoidalar mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida 90 kalendar kundan ortiq muddatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq qilinadi.
2021 yil 29 dekabrdan Rossiya Federatsiyasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida 90 kalendar kundan ortiq muddatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar giyohvandlik, psixotrop yoki ruhiyatga ta'sir etuvchi va boshqalar uchun xavfli bo‘lgan yangi moddalarni shifokor retseptisiz iste'mol qilish holati hamda OIV infeksiyasi bor yoki yo‘qligini tasdiqlovchi tibbiy hujjatni mamlakat IIVga taqdim etishi talab etiladi.
Qayd etilishicha, agar hujjat chet tilida bo‘lsa, rus tiliga tarjima qilinishi hamda notarial tasdiqlangan bo‘lishi, qabul qilingandan so‘ng vakolatli shaxs tomonidan tekshirilishi, so‘ngra qabul qilingani to‘g‘risidagi guvohnoma berilishi kerak.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ma'lum qilishicha, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 10 ming fuqaroni Rossiyaga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida ushbu tibbiy hujjatlar O‘zbekistonda tayyorlanishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
12:14
Ukraina ilk bor KXDR askarini asirga oldi
20:10 / 28.12.2024
Putin «Tolibon»ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish imkonini beradigan qonunni imzoladi
18:30 / 28.12.2024
Putin AZAL samolyotiga «Rossiya havo hududida fizik va texnik ta’sir bo‘lgani uchun uzr so‘radi» – Ozarboyjon prezidenti sayti
17:58 / 28.12.2024