O‘zbekiston doimiy aholisi soni to‘g‘risida ma'lumot berildi
O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019 yil 1 iyul holatiga 33,5 mln kishini tashkil etib, 2019 yil boshidan 268,1 ming kishiga yoki 0,8 %ga o‘sdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shahar aholisi soni 16,9 mln kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 %), qishloq aholisi soni 16,5 mln kishini (49,5 %) tashkil etdi.
Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2019 yil 1 iyul holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyati (respublika aholisi sonidagi ulushi 11%), Farg‘ona viloyati (11,1%), Qashqadaryo viloyati (9,7%) va Andijon viloyatida (9,2%) qayd etilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 1 iyul holatiga aholi sonining 30,5 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,3 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,2 foizi kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Mavzuga oid
20:10 / 25.12.2024
O‘zbekiston uchun sinov: Aholi ko‘payishi bilan, inson kapitali ham o‘sishi kerak
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024