Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimirdagi fojia vaqtida O‘zbekistonning kamida 15 fuqarosi halok bo‘ldi
Rossiyaning Vladimir viloyatida avtobus hamda poyezd ishtirokidagi YTHda O‘zbekistonning kamida 15 nafar fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Vladimir viloyati gubernatorining matbuot kotibi Rita Shlyaxovaga asosan xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, juma kuniga o‘tar kechasi Qozog‘iston davlat raqamiga ega bo‘lgan avtobus Vladimir viloyatidagi temir yo‘lni kesib o‘tish joyida poyezd bilan to‘qnashib ketdi.
Qayd etilishicha, Mercedes rusumli avtobusda nosozlik yuz bergan. "Qozog‘iston davlati raqamlari bo‘lgan avtobusda O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan bo‘lishgan. Temir yo‘lni kesib o‘tish joyida avtobus to‘xtab qolgan. Avtobusdagi yo‘lovchilar uxlayotgan bo‘lishgan, ularning soni taxminan 50 kishi edi, haydovchi baqirgan, 34 kishi avtobusdan yugurib tushishgan. Ular tirik qolishdi, avtobusning ichida qolganlar halok bo‘ldi. Avtobus butunlay tiklab bo‘lmas holatga kelgan", - degan Shlyaxova.


Shuningdek, Shlyaxovaning ma'lumotini Vladimir viloyati sog‘liqni saqlash departamenti direktori Aleksandr Kiryuxin ham tasdiqladi.
Hozirda qutqaruvchilar omon qolganlarni Pokrovdagi madaniyat uyida vaqtinchalik joylashtirish ishlarini olib borishmoqda. "Ayni damda u yerda 34 kishi joylashtirildi. Ular bilan psixologlar ish olib bormoqda", - degan Kiryuxin.


Avvalroq hodisa oqibatida 16 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi. Oxirgi xabarlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 17 nafar, ularning ikki nafari qozog‘istonlik haydovchilar.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu borada hozircha hech qanday izoh bermadi.
Mavzuga oid
23:31 / 16.01.2026
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam og‘ir «avariya»ga uchragani aytildi
10:48 / 15.01.2026
Yunusobod tumanida uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
21:52 / 14.01.2026
5 yil davomida YTHlar kamayish dinamikasi saqlanib qoldi – YHXX
12:40 / 14.01.2026