Rossiyaning Vladimir viloyatida yölovçi poyezdi bilan jiddiy YTHga uçragan avtobus Qozoğistondan kelayotgan bölgan. Bu haqda RIA Novosti Rossiya FVVning Vladimir viloyati böyiça boş boşqarmasi vakiliga asosan xabar tarqatdi.

Avvalroq jumaga ötar keçasi Vladimir viloyatidagi temir yölni kesib ötadigan joyda avtobus va poyezd töqnaşib ketgani xabar qilingandi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, hodisa oqibatida 16 kişi halok bölgan. IIV ma'lumotiga qaraganda, avtobus svetoforning taqiqlovçi çiroğiga qaramay temir yölni kesib ötadigan joyga çiqib ketgan.

"Avtobus Qozoğiston respublikasiniki, poyezd esa - "Sankt-Peterburg — Nijniy Novgorod", - degan agentlik suhbatdoşi.

Uning sözlariga köra, voqea joyida viloyat FVV boşqarmasining aeromobil guruhi iş olib bormoqda.

Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi esa bu hodisa böyiça ma'lumotlarni aniqlaştirmoqda. Bu haqda respublika taşqi siyosat idorasining matbuot xizmati rahbari Anvar Jaynakov ma'lum qildi.

"Qozoğiston TIV uşbu hodisa tafsilotlarini aniqlaştirmoqda", — degan Jaynakov.

Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, hozirça avtobus Qoğozistonga tegişliligi yoki halok bölganlar va jabrlanganlar uşbu davlat fuqarosi ekanini yakuniy tarzda tasdiqlay olmaydi.