Toshkent jamoat transportidagi imtiyozli narx bank kartasi orqali to‘lovlarga ham tatbiq etiladi
1 noyabrdan boshlab, poytaxtda avtobus va metrodan foydalanishda yo‘l haqi naqd shaklda to‘langanda 2000 so‘m, ATTO yoki bank kartasi orqali to‘langanda esa 1700 so‘mni tashkil etadi. 1 soat ichida jamoat transportidan bir necha marta foydalangandagi imtiyozli narxlar faqat ATTO kartalari orqali to‘lovlarga taalluqli bo‘ladi.
Toshkent shahri jamoat transportida (avtobus va metro) 1 noyabrdan yangi – qo‘shimcha va rag‘batlantiruvchi tariflar joriy etilmoqda.
“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul orqali 2000 so‘m, ATTO transport kartalari va bank kartalari orqali to‘lov uchun esa 1700 so‘m etib belgilandi.
Yo‘lovchilar ATTO transport kartalaridan foydalangan holda 1 soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansalar, yo‘l haqi uchun 700 so‘m to‘laydi. 1 soat davomida yo‘lovchilar avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marotaba ma’lum bir manzilga harakatlanishi esa bepul bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bank kartalari orqali to‘lov qilganda yo‘l haqi naqd to‘lovdagi kabi 2000 so‘m bo‘lishi e’lon qilingan, lekin bu jamoatchilik orasida e’tirozlarga sabab bo‘lgandi. Yuqoridagi xabardan kelib chiqilsa, bu e’tirozlar inobatga olingan va naqdsiz to‘lovlar (ATTO va bank kartalari) uchun birdek 1700 so‘mlik tarif belgilangan.
Shu bilan birga, 1 soat ichidagi qatnovlar uchun tabaqalashgan imtiyozli narxlardan faqat ATTO kartasi yordamida foydalanish mumkin.
Mavzuga oid
08:01
Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egallab turibdi
19:52 / 26.12.2024
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi
14:55 / 26.12.2024
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
16:35 / 23.12.2024