O‘zbekiston | 13:53 / 04.05.2020
60736
1 daqiqa o‘qiladi

«Salonda 2 kishidan ko‘p bo‘lmasligi kerak» - Bosh sanitariya inspektori shaxsiy avtomobildan foydalanish tartibi haqida

Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda shaxsiy avtoulovdan foydalanishda rioya qilinishi kerak bo‘lgan qoidalarni eslatib o‘tdi. 

Foto: KUN.UZ

“Shaxsiy avtomobildan muayyan maqsadlarda kunning belgilangan soatlarida foydalanishga ruxsat berildi. Shundan so‘ng shaxsiy avtomobil egalari o‘z mashinasida yo‘lovchi tashishi kuzatilishi mumkin.

Karantin boshlangandan beri tibbiyot xodimlari tomonidan tavsiya etilgan ehtiyot choralariga rioya qilish zarurati haqida gapirib kelinmoqda. Xususan, muloqot chog‘ida ijtimoiy masofalanish – 2 metrdan kam bo‘lmagan masofa saqlash talab etiladi. 

Avtomobilda bunday masofa saqlashning imkoni yo‘q. Bu o‘rinda boshqa tavsiya – 3 nafardan ko‘p odamning jamlanib turmasligi kerakligini eslash lozim. Shu bois shaxsiy avtomobilda odam tashishda mashina salonida yo‘lovchilar soni 2 nafardan oshmasligi zarur”, deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid