O‘zbekiston | 16:47 / 30.10.2023
5315
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Yangi texnologiyalar yordam beradi: budjetni tejash va yomon yo‘llar muammosiga yechim topish imkoniyati

Mamlakatda yo‘llarning holati og‘ir va aktual masala. Yildan yilga yo‘l qurilishida va ta’mirlashda yangi, sifatli materiallardan foydalanilmoqda. Ammo davlat barcha hududlardagi yo‘llarning holatini nazorat qilishga ulgurmaydi. Bunga yechim topish mumkinmi? Agar yaxshilab izlanilsa buning imkoni bor – bu budjetgayam sezilarli foyda keltiradi.

LION TRANS GROUP kompaniyasi mutaxassislari tomonidan KAIROS SYSTEM korxonasi bilan hamkorlikda “O‘zavtoyo‘l” AJ bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilgan A-373 Andijon-O‘sh avtomobil yo‘lida ishga tushirilgan harakatdagi transport vositalarini tortish uchun avtomatik o‘lchov va vaznni boshqarish tizimi tajriba loyihasi buni isbotladi.

Haddan tashqari og‘ir yukli avtomobillar yo‘llarning yomon holatga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday yuk mashinasining bir o‘zi 50 000 ta yengil avtomobil kabi yo‘l yuzasiga ta’sir qiladi.

 

O‘zbekistonda ilk marotaba LION TRANS GROUP kompaniyasi KAIROS SYSTEM kompaniyasi bilan hamkorlikda WIM tizimini to‘liq siklda – uskunani jihozlash va yetkazib berishdan to respublikaning amaldagi standartlariga mos ravishda to‘liq ishga tushirishgacha bo‘lgan murakkab yo‘ldan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.

WIM – dinamik avtomobil tortish tizimlari

WIM pilot loyihasi eng zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda o‘lcham va vaznni nazorat qilishning to‘liq boshqaruvini rivojlantirish yo‘lida ilk qadamdir. Ushbu yo‘nalish O‘zbekiston respublikasining yo‘l infratuzilmasini saqlab qolish va respublikada yuk tashish qoidalari, qurilish me’yorlari va tartiblarini qayta ko‘rib chiqish uchun katta ma’lumotlar bazasini ham beradi.

Mazkur loyiha mahalliy kompaniyaga WIM uskunalarini ishlab chiqarish va joriy etishga ixtisoslashgan jahon kompaniyalarining bebaho tajribasini o‘zlashtirish va O‘zbekistonda har qanday texnik murakkablikdagi uskunalar bilan ishlay oladigan tajribali mutaxassislar mavjudligini namoyon qilish imkonini berdi.

Yuqori texnologiyali uskunalarni yetkazib berish va qo‘llab-quvvatlash IPCOMROADS s.r.o kompaniyalar guruhi tomonidan amalga oshirildi. Bugungi kunda kompaniya MDH mamlakatlari va Yevropadagi WIM stansiyalarining eng yirik integratorlari va quruvchilaridan biri bo‘lib, 2020-2022 yillarda 40 dan ortiq WIM – dinamik avtomobil vaznini o‘lchash tizimlari kompleksini qurdi, shuningdek, ko‘priklar va yo‘l meteostansiyalarida WIM tizimini yo‘lga qo‘yib, foydalanishga topshirdi.

LION TRANS GROUP kompaniyasi harakatlanayotgan avtomobillar uchun Weigh-in-Motion dinamik tortish tizimlarini joriy qilish bo‘yicha butun jarayonni yo‘lga qo‘yadi. Masalan: loyihalash, yetkazib berish, jihozlarni o‘rnatish va WAGAWIM tizimlarini ishga tushirish, ularni texnik qo‘llab-quvvatlashni o‘z zimmasiga oladi.

WIM tizimi birinchi o‘rinda, yuk avtomobillarida me’yordan ortiq yuk ortilganda yuklanish darajasini aniqlash va ularni javobgarlikka tortish uchun oldindan ma’lumotlarga ega bo‘lishga mo‘ljallangan. Shu bilan birgalikda, u transport yuklari va transport hajmi to‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotlarga asoslangan yo‘l tarmog‘ini ta’mirlash va rekonstruksiya qilishni yanada oqilona rejalashtirish usullari uchun ham qo‘llanadi.

WIM tizimining asosiy komponentlari

Harakatda tortish tizimini joriy etishdan maqsad real vaqt rejimida transport vositalarining og‘irligi va o‘qidagi yuklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishdir. Ushbu ma’lumotlardan o‘lcham va vazn me’yorlaridan oshib ketishini kuzatish, shuningdek, boshqa aqlli transport tizimlari (ITS) yo‘l harakati monitoringi, yo‘llarni loyihalash, yo‘llarni saqlashni rejalashtirish, harakatni rejalashtirish va boshqalar uchun ishlatilishi mumkin.

Harakatdagi transport vositalarini tortish uchun avtomatik o‘lchov va vaznni boshqarish uchun birinchi platformani jihozlash bo‘yicha pilot loyiha doirasida LION TRANS GROUP kompaniyasi KAIROS SYSTEM kompaniyasi bilan birgalikda operatorlar uchun ish stansiyalari, shuningdek, ma’lumotlarni yig‘ish va saqlash uchun server xonasi bilan ma’lumotlarni qayta ishlash markazini ishga tushirdi.

Markazda avtotransport vositalarini real vaqt rejimida vizualizatsiya qilish, oldindan tanlangan yuk mashinalarining o‘lchamlari va og‘irligi haqidagi fotosuratlar va ma’lumotlarga ega inspektorlar uchun dasturiy ta’minotga ega ma’lumotlar mavjud.

Har bir WIM o‘lchash maydonchasi tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun uzluksiz quvvat manbai (UPS) va quyosh panellari bilan jihozlangan.

Bu nega kerak?

Yana, avval aytganimizdek, yo‘llarning holati ko‘p omillarga bog‘liq. Va ularning barchasini hisobga olish uchun, nisbatan aytganda, har bir bo‘lim uchun operativ loyihalar kerak. Va ortiqcha yuklangan yuk mashinalarini aniqlashdan tashqari, WIM aslida ushbu ma’lumotlar majmuasini to‘playdi va tahlil qiladi. Ya’ni, real vaqt rejimida yirik transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi, umuman yo‘l harakatini kuzatib boradi, harorat, namlik, shamol yo‘nalishi va tezligini o‘lchaydi.

Oddiy fuqarolar uchun bu kabi muhim ijtimoiy loyihalar - birinchidan, yaxshi va sifatli yo‘llarda mamlakat bo‘ylab xavfsiz sayohat qilish (benzin va avtoulovlarga texnik xizmat ko‘rsatishda sezilarli tejash), ikkinchidan, davlat yo‘naltirishi mumkin bo‘lgan budjet mablag‘larini sezilarli darajada tejashni anglatadi. Bu esa o‘z o‘rnida ko‘proq maktablar, kasalxonalar va bolalar bog‘chalari qurish mumkinligini anglatadi.

Telefon: +998936221424    E-mail: s.ganiev@qpower.uz