O‘zbekiston | 15:58 / 26.06.2020
20788
1 daqiqa o‘qiladi

«Sijjak» oromgohi xususiylashtiriladi - «Davaktiv» 

Mazkur majmuaning umumiy yer maydoni bino va inshootlari bilan birgalikda 5,38 gektarni tashkil etadi.

Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

“Sijjak” oromgohi xususiylashtiriladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Sijjak” mavzesi, Sarbog‘ mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Sijjak” dam olish oromgohini ommaviy savdolar orqali, shaffoflik prinsipi asosida sotadi. 

“Agentlik tasarrufidagi mazkur majmuaning umumiy yer maydoni bino va inshootlari bilan birgalikda 5,38 gektarni tashkil etadi. Ayni damda xususiylashtirish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilyapti”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq, “Sijjak” oromgohi sotuvga qo‘yilishi kutilayotgani ma'lum qilingandi.

Ushbu dam olish maskani muqaddam Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan, 2017 yilda musodara qilingan, 2019 yilda Sijjak qo‘rg‘onidagi hashamatli qarorgoh ichidagi barcha jihozlari bilan O‘zbekiston triatlon federatsiyasiga tekin foydalanishga berilgandi.

Mavzuga oid