Jamiyat | 12:23 / 29.04.2016
8110
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda o‘zbek tili darsligi chop etildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitet o‘qituvchisi Gulbahor Iskandarova hamda Jongyang Mintsu universiteti o‘qituvchisi Gulibonum Keybatuli o‘zbek tilini o‘rganish istagidagi xitoyliklar uchun darslik ishlab chiqishdi.

Jongyang Mizu nashriyotida chop etilgan darslik ikki til vakili bilan hamkorlikda yaratilgani uchun sodda, tushunarli va o‘rganish uchun qulay dasturga ega bo‘ldi.

Kitobning o‘ziga xos jihati shundaki, qo‘llanmadan o‘zbek tilidan umuman bexabar bo‘lgan xitoylik ham foydalanib, o‘zbek tilini o‘rganishni boshlashi mumkin. Kelgusida darslikning davom ettiruvchilar uchun mo‘ljallangan qismi ham chop etilishi rejalashtirilgan.

Jonkuyar pedagoglarning ko‘p yillik izlanishlari natijasi bo‘lgan ushbu darslik o‘zbek-xitoy madaniyat almashinuvi o‘rtasida qo‘yilgan katta qadamdir.

Qo‘llanma may oyida sotuvga chiqadi.