O‘zbekiston | 11:21 / 14.11.2020
19818
1 daqiqa o‘qiladi

Har bir OTMda tezkor shtab tashkil etiladi

O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich 2020 yil 16 noyabr – dushanba kunidan an'anaviy ta'lim shaklida davom ettirishga qaror qilindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborotida aytilishicha, har bir oliy ta'lim muassasasida hududiy Sog‘liqni saqlash birlashmalari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakillari jalb qilingan holda tezkor shtab tashkil etiladi.

Auditoriya va xonalar o‘quv jarayoniga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda tayyorlanadi.

Kurslar kesimida o‘quv jarayonini tashkil etish sxemasi ishlab chiqilib, tabaqalashtirilgan vaqt soatlari asosida dars jadvallari tuziladi.

Talabalar turar joylari faoliyati sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat'iy javob beradigan normalarda tashkil etilib, jihozlangan holatda talabalarning yashashlariga bosqichma-bosqich ruxsat beriladi.

Oliy ta'lim muassasalari va talabalar turar joylarida tibbiyot punktlari tashkil etiladi, talabalar salomatligi nazoratini ta'minlash maqsadida har bir oliy ta'lim muassasasiga tibbiyot muassasalari biriktiriladi.

Mavzuga oid