O‘zbekiston | 17:31 / 14.04.2021
7005
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari qoplab beriladi

Hukumat qarori bilan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Reglamentga ko‘ra, xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlar imtihon xarajatlarini qoplab berish uchun sertifikat olganidan 180 kun ichida davlat xizmatlari markazlariga yoki YaIDXP orqali (my.gov.uz) murojaat qiladi.

DXM orqali 10 daqiqada, YaIDXP orqali esa avtomatik tarzda hujjatlar Yoshlar ishlari agentligiga yuboriladi. 

Agentlik 15 kunda arizachining sertifikatini verifikatsiyadan o‘tkazadi. Sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlash imkoni bo‘lmasa, agentlik 30 kunda maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni so‘rab xorijiy tashkilotga so‘rov yuboradi.

Sertifikat haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng 15 kun ichida kompensatsiya mablag‘lari agentlik tomonidan “Xalq banki”ga o‘tkaziladi va ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi. Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmaganda ham ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi. Ariza beruvchi “Xalq banki”ga murojaat qiladi va kompensatsiya to‘lovlarini oladi.

Mavzuga oid