Prezident Toshkent metrosining qurilishi tugallangan «Yunusobod» yo‘nalishi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi ayrim obektlarga tashrif buyurmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanali xabar qildi.
Davlat rahbari dastlab Toshkent metropolitenining qurilishi tugallangan "Yunusobod" yo‘nalishi 2-bosqichi yo‘l va bekatlari bilan tanishdi. Mazkur loyiha doirasida 2,9 kilometr uzunlikdagi metro yo‘li hamda “Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari barpo etilib, “Shahriston” bekatiga ulandi.
Telekanal xabarida aytilishicha, metro poyezdlarining sinov tariqasida harakatlanish ishlari amalga oshirildi. Ta'kidlanishicha, ushbu loyiha bo‘yicha yer osti tunnel qismini burg‘ilash ishlari Germaniya texnologiyasi asosida amalga oshirildi.
Prezident metro poyezdlarining holati, bekatlardagi sharoitlar bilan tanishdi. Yo‘lovchilarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta'minlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma berildi.
Bildirilishicha, endilikda “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlari orqali kuniga 7,5 ming yo‘lovchilarni tashish va xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.
Mavzuga oid
18:05 / 03.01.2025
Davlat budjeti xarajatlarining 52 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi
17:09 / 03.01.2025
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentiga ta’ziya maktubi yo‘lladi
11:06 / 01.01.2025
Toshkentda 5 ta avtomashina o‘zaro to‘qnashdi
00:02 / 01.01.2025