O‘zbekiston | 07:33 / 01.07.2020
23256
7 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana bir hukumat komissiyasi tashkil etiladi - Prezident farmoni loyihasi

Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari hamda investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi tashkil etiladi.

Prezidentning “Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari hamda investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha Hukumat komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari hamda investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi tashkil etiladi.

Quyidagilar Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

a) hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha:

eksport prognoz parametrlarining bajarilishini doimiy ravishda monitoring qilish, shuningdek kelgusi yillar uchun prognozni shakllantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;

hududlar va tarmoq kesimlarida eksport salohiyatining o‘sishi va jalb etilishiga to‘sqinlik qiladigan joriy va tizimli muammolarni aniqlash;

eksport faoliyatini amalga oshirishda aniqlangan muammolarni o‘rganib zarur hollarda joyida bartaraf etish choralarini ko‘rish;

eksport salohiyatini yanada kengaytirish bo‘yicha amaliy, shu jumladan qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

b) investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha:

investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish va investitsiya oqimini o‘sishi va jalb etilishiga to‘sqinlik qiladigan joriy va tizimli muammolarni aniqlash;

hududiy investitsiya dasturlari va tarmoqlar yo‘nalishi doirasida investitsiyalarning o‘zlashtirilishi va loyihalarning amalga oshirilishi holatini o‘rganish va vujudga kelayotgan muammolarni joyida hal qilish;

investitsiya loyihalari, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XMI/XHMT) bilan kelishiladigan ko‘p yillik hamkorlik dasturlari va strategiyalarni taqdim etish, ular ishtirokidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas'ul vazirliklar, idoralar va loyihalarni amalga oshirish guruhlarining hisobotlarini tinglash hamda ushbu loyihalarni o‘z vaqtida ishlab chiqish va samarali amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;

v) oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan qabul qilinadigan “yo‘l xaritalari” bo‘yicha:

“yo‘l xaritalari”da ko‘zda tutilgan tashqi savdo shartnomalari, shu jumladan eksport kelishuvlarini to‘laqonli bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish va ular bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish;

“yo‘l xaritalari”ga kiritilgan investitsiya loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish, tegishli tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlab, tizimli tahlil qilgan holda, yakuniy natijalarga erishish uchun ularni hal etishda, shu jumladan, joyiga chiqqan holda zarur yordam ko‘rsatish.

Belgilanishicha, Hukumat komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tashriflari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan bayonnoma topshiriqlarining eksport, investitsiyalar va boshqa tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi qismini ijrosini ta'minlaydi.

Hukumat komissiyasiga (S. Umurzakov):

jahon va ichki bozorda narx va talab kon'yunkturasi, ishlab chiqarish balanslari o‘zgargan hollarda choraklar kesimida prognoz ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish;

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlarining alohida qismlariga tuzatish, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish;

oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan qabul qilinadigan “yo‘l xaritalari”ning savdo-iqtisodiy qismlariga hamda XMI/XHMT bilan hamkorlik dasturlari va “yo‘l xaritalari”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (davlat tashqi qarzini oshishiga olib keladigan loyihalardan tashqari) vakolatlari beriladi.

Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari hamda investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi tarkibi

S.Umurzakov – Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Hukumat komissiyasi raisi

A.Voitov – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi o‘rinbosari

S.Saidkarimov – Bosh prokuror o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi o‘rinbosari

F.Raximov – Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri, Hukumat komissiyasi raisi o‘rinbosari

T.Ishmetov – Moliya vaziri

A.Ortikov – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

F.Arziyev – Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

I.Mahkamov – Transport vazirining birinchi o‘rinbosari

N.Xolmurodov – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari

(lavozimi bo‘yicha) – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari

Sh.Vafayev – Investitsiya va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijro etuvchi direktori

B.Abubakirov – Markaziy bank raisi o‘rinbosari

M.Saliyev – Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

A.Fayzibayev – Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

S.Bekenov – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

D.Sattarov – “O‘zstandart” Agentligi direktori

I.Ergashev – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘i

A.Mirsoatov – “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ boshqaruv raisi

S.Annakilichev – “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi

N.Saydullayev – “Asaka” ATB boshqaruv raisi

J.Avezov – Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi kotibi.

Mavzuga oid